"Qora delfin" koloniyasidagi qotil turmush qurdi

Qozon shahridagi maktabga uyushtirilgan qurolli hujum uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilgan Ilnaz Galyaviyev Rossiyaning eng qattiq tartibli jazoni ijro etish muassasalaridan biri — "Qora delfin" koloniyasida rasmiy nikohdan o‘tdi.
Rossiya OAV xabarlariga ko‘ra, uning turmush o‘rtog‘i Moskva shahrida yashovchi, jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan 18 yoshli qiz hisoblanadi. Nikoh marosimi Orenburg viloyatining Sol-Iletsk shahrida joylashgan koloniyada amaldagi qonunchilik asosida rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, Rossiya jazoni ijro etish tizimi qoidalariga ko‘ra, umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan mahkumlar turmush qurish huquqiga ega. Biroq ular uchun uchrashuvlar qat’iy cheklangan bo‘lib, er-xotin yiliga atigi bir marta uchrashishi mumkin.
Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar bu holatdan hayratlangan bo‘lsa, boshqalar esa amaldagi qonunchilik mahkumlarga ham shaxsiy hayotga oid ayrim huquqlarni saqlab qolishini eslatib o‘tgan.































Izohlar 0
…