Kongo Ebola epidemiyasi domida: 3 millionga yaqin bola xavfda

1 daqiqa o'qish134
Kongo Ebola epidemiyasi domida: 3 millionga yaqin bola xavfda

Kongo Demokratik Respublikasining sharqida Ebola epidemiyasi bolalar uchun tobora katta xavfga aylanmoqda. YUNISЕF xabar berishicha, kasallanganlar soni qariyb 1000 nafarga yetgan, 3 millionga yaqin voyaga yetmagan esa yuqori xavfli hududlarda yashamoqda.

YUNISЕF ijrochi direktori Ketrin Rassel Iturida Ebola sabab onasini yoki har ikki ota-onasini yo‘qotgan bolalar borligini aytdi. 19 iyun holatida bolalar va o‘smirlar tasdiqlangan kasallanishlarning qariyb 15 foizini tashkil etgan. Vafot etganlarning 25 foizdan ziyodi ham shu yosh toifasiga to‘g‘ri kelgan.

Bolalar va o‘smirlarning kasallikdan vafot etish ehtimoli kattalarga qaraganda deyarli ikki barobar yuqori. Mongbvalu, Rvampara va Bunia asosiy o‘choqlar bo‘lib qolmoqda. Shimoliy Kivu hamda Janubiy Kivuda ham holatlar qayd etilgan.

Iturida ota-onasidan ayrilgan 135 nafar bola psixologik yordam, ijtimoiy xizmat va muqobil parvarish bilan qamrab olingan. Davolash markazida ota-onasidan ajralgan chaqaloqlar uchun maxsus bog‘cha ishlayapti, yana ikkita markaz ochilishi kutilmoqda. Epidemiya ayrim bolalarni maktab, tibbiy yordam, oziq-ovqat, toza suv va sanitariya xizmatlaridan ham uzib qo‘ymoqda. Bu vaziyat ularning kundalik hayotini yanada og‘irlashtirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?