Ronaldu va Jorjinaning to‘yi bugun — 1 avgustda bo‘lyaptimi?

1 daqiqa o'qish2.7K
Ronaldu va Jorjinaning to‘yi bugun — 1 avgustda bo‘lyaptimi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • G'arb ommaviy axborot vositalarida Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning 1 avgust kuni Portugaliyadagi Kinta-da-Regaleyra saroy-bog' majmuasida yashirin to'yi bo'lib o'tishi haqidagi mish-mishlar tarqaldi.
  • Portugaliyaning V+ Fama teleko'rsatuvi boshlovchisi Adrianu Silva Martins tahririyatga sirli to'y taklifnomasi kelib tushgani va unda mehmonlar uchun qora libosda kelish so'ralganini ma'lum qildi.
  • Biroq Ispaniyaning ¡HOLA!

G‘arb ommaviy axborot vositalari butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar kutgan yangilikdan hayratda qoldi: Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges nihoyat munosabatlarini rasmiylashtirishga tayyor ko‘rinadi. 1 avgustga rejalashtirilgan katta to‘y haqidagi mish-mishlar darhol dunyoning yetakchi tabloidlarida tarqaldi.

Maxfiy taklifnoma va qora liboslar uchun dress-kod

Portugaliyaning V+ Fama teleko‘rsatuvida e’lon qilingan xabar Ronalduning Jorjina Rodriges bilan yashirin to‘yi haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ldi. Dastur boshlovchisi Adrianu Silva Martins tahririyatga sirli to‘y taklifnomasi kelib tushganini ma’lum qildi.

Taklifnomadagi ma’lumotlarga ko‘ra, marosim 1 avgust kuni soat 17:00 da Sintra shahridagi, YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan mashhur Kinta-da-Regaleyra saroy-bog‘ majmuasida o‘tkazilishi kerak edi.

Taklifnomadagi eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan jihatlardan biri esa mehmonlar uchun belgilangan dress-kod bo‘lgan. Unga ko‘ra, to‘yga tashrif buyuruvchilardan qora libosda kelish so‘ralgan. Bu xabar Ronalduning muxlislarini hayajonga solib, bo‘lajak marosim odatiy to‘ydan ko‘ra ko‘proq hashamatli Gollivud premyerasini eslatishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirdi.

To‘y haqidagi xabarlar rad etildi

Biroq ko‘p o‘tmay, Ronalduning to‘yi haqidagi xabarlarga qarshi ma’lumotlar ham paydo bo‘ldi. Mashhurlar hayotiga oid xabarlari bilan tanilgan Ispaniyaning ¡HOLA! nashri o‘z manbalariga tayanib, bu dam olish kunlari to‘y bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Nashr buning bir nechta sabablarini keltirgan. Jumladan, 1 avgust kuni Kinta-da-Regaleyra majmuasi sayyohlar uchun ochiq bo‘lib, tashrif buyurish uchun chiptalar kun davomida sotuvda qolmoqda.

Bundan tashqari, shu kuni kechqurun majmua hududida portugaliyalik xonanda Silvana Peresning konserti ham rejalashtirilgan.

Shu sababli jahon yulduzlari ishtirokidagi yirik va yopiq to‘y marosimini sayyohlar tashrifi hamda konsert bilan bir vaqtda ushbu hududda o‘tkazish ehtimoli juda past ekani ta’kidlanmoqda.

Kinta-da-Regaleyra majmuasi vakillari esa jurnalistlarning savollariga hozircha aniq javob bermayapti. Bu esa Ronalduning Jorjina bilan to‘yi haqidagi mish-mishlar atrofidagi sirli vaziyatni yanada kuchaytirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?