Attraksionda boshi pastga osilgan qizlarga 275 ming dollardan kompensatsiya to‘lanadi

AQSHning Portlend shahridagi ko‘ngilochar bog‘da yuz bergan qo‘rqinchli voqeadan so‘ng ikki nafar o‘smir qizga 275 ming dollardan kompensatsiya to‘lanadigan bo‘ldi.
Hodisa 2024 yil 14 iyun kuni Oaks Amusement Park bog‘ida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni AtmosFEAR attraksionida 28 kishi bo‘lgan. Biroq qurilma kutilmaganda ishdan chiqib, odamlar bilan birga tepa-past holatda to‘xtab qolgan.
Eng qo‘rqinchlisi, ikki o‘smir qiz qariyb 25 daqiqa davomida boshi pastga qaragan holda, yerdan 30 metr balandlikda osilib turgan.
«Hamma qo‘rqib ketgandi»
Hodisa vaqtida jabrlangan qizlardan biri 13, ikkinchisi esa 14 yoshda bo‘lgan.
Ularning sudda aytishicha, boshi pastga qaragan holda uzoq vaqt qolish nafas olishni qiyinlashtirgan. Bundan tashqari, xavfsizlik moslamalari ochilib ketishi va yuqoridan qulab tushish ehtimoli ularni yanada vahimaga solgan.
Qizlardan biri o‘sha dahshatli lahzalarni eslar ekan, attraksiondagi odamlarning yig‘layotganini ko‘rganini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha daqiqadan keyin ayrim yo‘lovchilarning ko‘ngli aynib, qusishni boshlagan.
Qutqaruvchilarni kutishga to‘g‘ri kelgan
Voqeaning yana bir hayratlanarli jihati — bog‘ xodimlarining bunday favqulodda holat uchun tayyor harakat rejasi bo‘lmagani.
Dastlab ular nima qilish kerakligini bilish uchun tegishli xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘lgan. Keyin esa o‘t o‘chiruvchilar va maxsus qutqaruv uskunalari yetib kelishini kutishgan.
Natijada boshi pastga qaragan holda osilib qolgan odamlar uchun har bir daqiqa nihoyatda og‘ir o‘tgan.






























Izohlar 0
…