Farg‘onada Lacetti boshqaruvdan chiqib, ustun va daraxtga urildi

Farg‘onada Lacetti boshqaruvdan chiqib, ustun va daraxtga urildi

Farg‘ona shahrida Lacetti avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil avval ko‘cha chiroqlari ustuniga, so‘ngra daraxtga borib urilgan va ag‘darilib ketgan.

Farg‘ona viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 22 avgust kuni soat 16:40 atrofida Farg‘ona shahridagi Quvasoy ko‘chasida ro‘y bergan.

2002 yilda tug‘ilgan R.J. Lacetti avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada mashina yo‘l chetidagi ko‘cha yoritish ustuni va daraxtga urilib, yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

Hodisa oqibatida haydovchiga voqea joyining o‘zida tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy ko‘mak ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng uning uyiga ketishiga ruxsat berilgan.

Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha Farg‘ona shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Hodisaning aniq sabablari va unga olib kelgan holatlar tekshiruv jarayonida oydinlashtiriladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar