Eshik yonidagi oddiy ip sizni o‘g‘rilar nishoniga aylantirishi mumkin!

Eshik yonidagi oddiy ip sizni o‘g‘rilar nishoniga aylantirishi mumkin!

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘g‘rilar xonadonda odam bor-yo‘qligini aniqlash uchun eshik yoniga ingichka ip tashlab ketayotgani haqida ogohlantirishlar tarqalmoqda. Aytilishicha, ip bir necha kun davomida o‘z joyida qolsa, bu uy egalari uzoq vaqt davomida yo‘qligidan darak berishi mumkin.

Tarqalayotgan ogohlantirishlarga ko‘ra, jinoyatchilar eshik atrofida deyarli sezilmaydigan ip qoldirishi mumkin.

Agar uy egasi:

ipni payqasa va olib tashlasa;

eshikni tez-tez ochib-yopsa;

uning joylashuvi o‘zgarsa, xonadonda odam borligini anglash mumkin.

Aksincha, ip bir necha kun o‘z holicha qolsa, uy bo‘sh bo‘lishi mumkin degan xulosa chiqarilishi ehtimoli aytilmoqda. Bu ma’lumotlar hozircha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ogohlantirishlar ekanini ham unutmaslik kerak. Shunga qaramay, begona yoki shubhali belgilarni payqash va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish ehtiyot chorasi sifatida muhim.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar