Fransiya prezidenti Makronga kutilmagan zarba: olomon ichidan bir ayol unga shapaloq tushurdi (video)

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ommaviy tadbir vaqtida kutilmagan vaziyatga duch keldi. Olomon orasidagi kishilardan biri prezidentning yuziga urgan lahzalar aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi.
Tarqalgan videoda Makron odamlar bilan muloqot qilayotgan paytda olomon ichidagi bir kishi unga yaqinlashib, prezidentning yuziga zarba bergani ko‘rinadi.
Hodisaning aniq tafsilotlari va voqeaga nima sabab bo‘lgani haqida qo‘shimcha ma’lumotlar keltirilmagan.
Fransiya prezidenti ommaviy joylarda fuqarolar bilan muloqot qilishi davomida jismoniy tajovuzga duch kelgani haqida avval ham xabarlar tarqalgan.
Xususan, 2021 yilda Makron Fransiyaning Drom departamentidagi tashrifi vaqtida olomon orasidagi bir kishi tomonidan yuziga tarsaki tushirilgan edi.
O‘sha voqea ham katta shov-shuvga sabab bo‘lib, prezident xavfsizligi masalasini kun tartibiga chiqargan.































Izohlar 0
…