G‘azo bolalari uchun Shvetsiyalik milliarderdan kutilmagan 76 million dollarlik yordam

G‘azodagi bolalar uchun yirik xalqaro yordam paketi e’lon qilindi. Shvetsiyalik milliarder Rojer Akelius bilan bog‘liq Akelius Foundation jamg‘armasi hududdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 800 million shved kronasi, ya’ni taxminan 76 million dollar ajratdi.
Yordam UNICEF orqali 5 yillik dastur doirasida yo‘naltiriladi. Asosiy maqsad G‘azodagi bolalar ta’limini tiklash va ularni himoya qilishdan iborat.
Rejaga ko‘ra:
400 ta maktab faoliyatini moliyalashtirish;
o‘qituvchilarga maosh to‘lash;
bolalarni oziq-ovqat va maktab anjomlari bilan ta’minlash;
ruhiy yordam ko‘rsatish;
toza suv va emlash xizmatlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Akelius Foundation mablag‘lariga Shvetsiya hukumati tomonidan ajratilgan 400 million krona ham qo‘shiladi. Natijada G‘azo bolalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan yordamning umumiy hajmi 1,2 milliard shved kronasi — qariyb 114 million dollarni tashkil etadi.































Izohlar 0
…