To‘yxonada hojatini chiqarmoqchi bo‘lgan ayol videosi tarmoqlarda ko‘pchilikning tanqidiga sabab bo‘ldi (video)

To‘yxonada hojatini chiqarmoqchi bo‘lgan ayol videosi tarmoqlarda ko‘pchilikning tanqidiga sabab bo‘ldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘yxonada tasvirga olingan noqulay holat aks etgan video tarqaldi. Unda mehmonlardan biri zal bo‘shligidan foydalanib, stol-stullar yaqinida hojat chiqargani ko‘rinadi.

Tarqalgan tasvirlarda ayolning to‘y marosimi o‘tkazilayotgan zalda, boshqa mehmonlar ko‘zidan chetroqda hojatini chiqarayotgani aks etgan.

Mazkur holatni ko‘rgan internet foydalanuvchilari bunga turlicha munosabat bildirmoqda.

Video qisqa vaqt ichida muhokamalarga sabab bo‘lib, foydalanuvchilar ayolning xatti-harakatini keskin tanqid qilgan.

Ko‘pchilik bunday holatni jamoat joyidagi odob-axloq va madaniyat qoidalariga zid deb baholamoqda. Hodisaning qayerda va aynan qachon sodir bo‘lgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan. Shuningdek, videodagi ayolning shaxsiga oid ma’lumotlar ham ochiqlanmagan.

Tarqalgan tasvir esa to‘y va boshqa ommaviy tadbirlarda oddiy odob va jamoat madaniyatiga rioya qilish masalasini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar