“Kulganim uchun jarima” degan blogerning videosi ortidan shov-shuv!

Qozog‘istonda 22 yoshli bloger ijtimoiy tarmoqlarda “kulganim uchun jarima solmoqchi” deya video tarqatgach, voqea jamoatchilik e’tiboriga tushdi. Biroq mamlakat Ichki ishlar vazirligi blogerning bu da’vosini rad etdi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa tungi soat 1 atrofida yuz bergan. Patrul xodimlari oynalari ochiq avtomobilda baland musiqa yangrayotgani va qizlar shovqin qilayotganini aniqlagan.
Dastlab ularga faqat og‘zaki ogohlantirish berilgan.
Ogohlantirishdan so‘ng bloger politsiya xodimlari bilan tortishgan. Shuningdek, ularning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va voqeani telefoniga tasvirga olgan.
Shundan keyin holat bo‘yicha bir nechta ma’muriy huquqbuzarlik qayd etilgan.
Politsiya blogerning aynan kulgani uchun jazolanganini emas, boshqa huquqbuzarliklar sabab javobgarlikka tortilganini bildirdi. Blogerga nisbatan tungi sukunatni buzish, politsiya talabiga bo‘ysunmaslik, mayda bezorilik va yolg‘on ma’lumot tarqatish bo‘yicha choralar ko‘rilgan.































Izohlar 0
…