Nina Drama Dana Uayt uni qanday qilib xavfli ta’qibchidan qutqarganini so‘zlab berdi

Nina Drama Dana Uayt uni qanday qilib xavfli ta’qibchidan qutqarganini so‘zlab berdi

UFC jangchilari bilan eksklyuziv, norasmiy va hazilomuz suhbatlari orqali yakkakurash ixlosmandlari mehrini qozongan mashhur bloger Nina Drama hayotidagi eng qo‘rqinchli kunlar haqida so‘zlab berdi. U bir necha yil davomida ruhiy nosog‘lom inson tomonidan uzluksiz ta’qib ostida qolgani va vaziyatga shaxsan liga rahbari aralashganini oshkor qildi.

«Uyimga antiterror otryadini yubordi»: Bir kun ichida hal bo‘lgan xavf

Bloger kutilmagan tahdid yuzaga kelganda kimdan najot so‘ragani va Dana Uaytning qanday harakat qilganini quyidagicha eslaydi:

«Bir necha yil oldin meni mutlaqo aqli noraso bo‘lgan bir odam tinimsiz ta’qib qila boshladi. Vaziyat juda jiddiylashgach, nima qilishni bilmay Dana Uaytga qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘radim.

U esa ikkilanib ham o‘tirmay, uyimga maxsus antiterror bo‘linmasini yubordi. Oradan bir kun ham o‘tmasdan o‘sha mutaxassislar ta’qibchini topdi va uning parvoz qilishini taqiqlovchi maxsus qora ro‘yxatga kiritib qo‘ydi.

Ochig‘i, Danadan umrbod minnatdorman. U bunday xavfli vaziyatlarda hech qachon paysalga solmaydi va mutlaqo keskin choralar ko‘radi», — dedi Nina.

Oktagon ortidagi do‘stlik va himoya

Nina Dramaning ta’kidlashicha, UFC prezidenti nafaqat jangchilar, balki liga atrofidagi ijodiy jamoa va blogerlarning xavfsizligini ta’minlashda ham murosasiz pozitsiyani egallaydi.

Uaytning zudlik bilan ko‘rgan choralari tufayli xavfli stalker zararsizlantirilib, blogerning tinch va xavfsiz faoliyat yuritishi ta’minlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar