Dafn marosimida kutilmagan taklif: ruhoniy marhumning qiziga turmush qurish taklifini berdi

Dafn marosimida kutilmagan taklif: ruhoniy marhumning qiziga turmush qurish taklifini berdi

2022 yil may oyida Janubiy Afrikada sodir bo‘lgan noodatiy voqea internetda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Dafn marosimi vaqtida ruhoniy marhumning qiziga uning otasi tobuti qarshisida turmush qurishni taklif qilgan.

Marhumni so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi davom etayotgan paytda ruhoniy kutilmaganda marhumning qizi yoniga kelgan.

U qizga turmush qurishni taklif qilgan. Qiz esa taklifni qabul qilgan.

Eng ko‘pchilikni hayratga solgani — bunday taklif aynan otasining dafn marosimi paytida, tobut qarshisida bildirilganidir. Ruhoniyning aytishicha, u qizning otasidan ayrilgani sababli qattiq qayg‘udagi holatini ko‘rgan va unga og‘ir damda tasalli berishni istagan.

Biroq uning bu harakati jamoatchilik tomonidan bir xil qabul qilinmagan.

Voqea aks etgan tasvirlar internetda tarqalgach, ko‘plab foydalanuvchilar ruhoniyning harakatini g‘alati va vaziyatga mutlaqo nomunosib deb baholagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar