Qozog‘istonda axlat konteyneridan tirik chaqaloq topildi

Qozog‘istonda axlat konteyneridan tirik chaqaloq topildi

Qozog‘istonda tashvishli holat sodir bo‘ldi. Jambil viloyatining Korday tumanida joylashgan Gvardeyskiy aholi punktida axlat konteyneridan yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi.

Ma’lum qilinishicha, chaqaloq tirik holda aniqlangan va zudlik bilan tibbiy muassasaga yetkazilgan.

Hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda chaqaloqning konteynerga qanday qilib tashlab ketilgani hamda voqeaga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov yakunlariga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli protsessual qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar