O‘rindiqda uxlayotgan erkak ustiga reklama taxtasi qulashiga bir necha soniya qoldi

Xitoyning Guanchjou shahrida yo‘l bo‘yidagi o‘rindiqda uxlab yotgan erkak kutilmaganda yuz bergan hodisa oqibatida jiddiy xavf ostida qoldi.
Ma’lum qilinishicha, yuk mashinasi yo‘l chetidagi reklama taxtasiga tegib ketgan. Shundan so‘ng og‘ir konstruksiya o‘rindiqda uxlab yotgan erkakning yoniga qulagan.
Voqea aks etgan videoda reklama taxtasi erkakka juda yaqin joyga tushgani, biroq uning o‘ziga tegmagani ko‘rinadi. Shu tariqa erkak jarohatlanmay, hodisadan omon qolgan.
Agar og‘ir konstruksiya uning ustiga qulaganida, jiddiy jarohat yetkazishi mumkin edi. Voqea tasvirlangan video 11 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.






























Izohlar 0
…