Oddiy chaqmoq emas: Fransiyada osmon uzra noyob qizil spritlar suratga olindi

Oddiy chaqmoq emas: Fransiyada osmon uzra noyob qizil spritlar suratga olindi

Fransiyaning Korsika orolida fotograf tabiatning kamdan-kam kuzatiladigan hodisalaridan biri — qizil spritlarni tasvirga tushirdi. Qishloq uzra namoyon bo‘lgan yorqin qizil chaqnashlar osmonning o‘ziga xos manzarasini hosil qilgan.

Qizil spritlar — kuchli momaqaldiroqli bo‘ronlar ustida, taxminan 40–90 kilometr balandlikda paydo bo‘ladigan qisqa muddatli elektr yorug‘lik hodisasidir. Ular odatiy chaqmoqlardan farqli ravishda bulutlar ichida emas, balki atmosferaning yuqori qatlamlarida yuzaga keladi. Bu hodisa juda qisqa davom etgani sababli uni ko‘z bilan ilg‘ash va kameraga muhrlash oson emas.

Fotograf noyob manzarani suratga olish uchun ob-havo prognozlarini oldindan kuzatib, kerakli suratga olish nuqtasi va burchagini hisoblab chiqqan. Puxta tayyorgarlik natijasida u qishloq uzra paydo bo‘lgan qizil spritlarning ajoyib tasvirlarini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Bunday kadrlar nafaqat o‘zining go‘zalligi, balki atmosferada sodir bo‘ladigan kam o‘rganilgan elektr hodisalarini kuzatish imkoniyati bilan ham e’tiborga molikdir.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar