Tailandda osmonga uchirilgan fonarlardan biri kutilmaganda erkakning yuziga kelib urildi (video)

Dunyo1 daqiqa o'qish1
Tailandda osmonga uchirilgan fonarlardan biri kutilmaganda erkakning yuziga kelib urildi (video)

Tailandning Chiang Mai shahrida o‘tkazilgan osmon fonarlari festivalida noxush holat kuzatildi. Osmonga uchirilgan fonarlardan biri parvoz vaqtida yo‘nalishini o‘zgartirib, tomoshabinlardan birining yuziga kelib urildi.

Voqea aks etgan videoda erkak yuziga tushgan fonarning yonayotgan qog‘oz qismini tezda olib tashlashga urinayotganini ko‘rish mumkin. U vaziyatni tezda nazoratga olib, jiddiy jarohat olishning oldini olgan.

Erkak keyinchalik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida sog‘lig‘i joyida ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, u festival ishtirokchilarini osmon fonarlarini uchirishdan avval yaxshilab tekshirishga chaqirdi.

Ma’lumki, Tailandning Chiang Mai shahrida o‘tkaziladigan osmon fonarlari festivali minglab odamlarni o‘ziga jalb qiladi. Ishtirokchilar bir vaqtning o‘zida osmonga yorug‘lik taratadigan fonarlarni uchirib, betakror manzara hosil qiladi. Biroq bunday tadbirlarda yonuvchi materiallardan foydalanilgani sababli xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhim hisoblanadi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?