Qo‘qonda kuyovning bir bo‘lak torti 4000 dollarga sotildi: auksiondagi narx hammani hayron qoldirdi

1 daqiqa o'qish504
Qo‘qonda kuyovning bir bo‘lak torti 4000 dollarga sotildi: auksiondagi narx hammani hayron qoldirdi

Qo‘qon shahridagi to‘ylardan birida kuyovning tortidan olingan bir bo‘lak oddiy tort 4000 dollarga sotilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Eng qizig‘i, tortni aynan kuyovning o‘rtoqlari o‘zaro "auksion" orqali sotib olishgan.

Videoda boshlovchi tortning bir bo‘lagini ko‘tarib, uni auksionga qo‘yadi. Shundan so‘ng kuyovning o‘rtoqlari ketma-ket narx taklif qila boshlaydi.

Avval 2450 dollar, keyin 2500 va 3000 dollar taklif qilinadi. Yakunda esa narx 4000 dollargacha ko‘tariladi.

Shu tariqa oddiy tort bo‘lagi to‘yda eng qimmat "sovrin"lardan biriga aylanadi.

Videodagi noodatiy savdo ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘lgan. Ayrimlar buni to‘yga xos hazil va do‘stlar o‘rtasidagi ko‘ngilochar an’ana sifatida qabul qilgan bo‘lsa, boshqalar oddiy bir bo‘lak tort uchun bunday katta summa taklif qilinganiga hayron qolgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?