Navai'ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: rapper Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Navai'ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: rapper Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Musiqachining o‘zi esa mamlakat hududidan chiqarib yuborildi. Bu haqda Qozog‘iston politsiyasi ma’lumotlariga tayanib, mahalliy va xalqaro OAV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Jambil viloyati politsiya departamenti ish rapperning qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lgani va huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganini inobatga olib tugatilganini bildirgan. Biroq ish oqlovchi bo‘lmagan asoslar bilan yopilgan. Bu qaror musiqachining aybsiz deb topilganini anglatmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Navai 13-oktyabr kuni Qozog‘istonning Qirg‘iziston bilan chegarasidagi “Qorday” nazorat-o‘tkazish punktida mamlakatga kirayotgan vaqtida to‘xtatilgan. Uning avtomobili tekshirilganda, huquq-tartibot idoralari taqiqlangan moddani aniqlab, olib qo‘ygan. Shundan so‘ng musiqachiga nisbatan giyohvand moddalar kontrabandasi va noqonuniy saqlanishi bilan bog‘liq moddalar asosida tergov boshlangan.

15-oktyabr kuni sud rapperni ikki oy muddatga hibsga olish haqida qaror chiqargan edi. Biroq keyinchalik jinoyat ishi tugatilib, Navai Qozog‘istondan chiqarib yuborildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar