Qozog‘istonda ishchilar ustiga suv sachratgan Lexus haydovchisi 10 sutkaga qamaldi (video)

1 daqiqa o'qish14
Qozog‘istonda ishchilar ustiga suv sachratgan Lexus haydovchisi 10 sutkaga qamaldi (video)

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida avtomobilni yuqori tezlikda boshqarib, yo‘l chetida ishlayotgan obodonlashtirish xodimlari ustiga suv sachratgan haydovchi 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kadrlarda Lexus rusumli avtomobil yo‘ldagi ko‘lmakdan yuqori tezlikda o‘tishi oqibatida yo‘l chetida ishlayotgan xodimlar boshdan-oyoq suvga belanganini ko‘rish mumkin.

Ostona shahar politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, hodisa vaqtida ishchilar yo‘l chetida, bordyur bo‘ylab tozalash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan. Haydovchi svetoforning miltillovchi signaliga qaramay tezlikni pasaytirmagan va xavfsiz harakatlanish choralarini ko‘rmagan.

Politsiya 32 yoshli haydovchini aniqlab, uni ma’muriy javobgarlikka tortgan. Sud uni mayda bezorilik sodir etishda aybdor deb topib, 10 sutkaga ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?