Qozog‘istonda yarim yalang‘och erkak maktab derazasini sindirib, sinfga bostirib kirdi (video)

1 daqiqa o'qish4
Qozog‘istonda yarim yalang‘och erkak maktab derazasini sindirib, sinfga bostirib kirdi (video)

Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi Qaskelen shahrida yarim yalang‘och erkak maktabga bostirib kirdi. Hodisa 11 noyabr kuni darslar orasidagi tanaffus vaqtida sodir bo‘lgan. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, erkak dastlab maktab hududida yugurib yurgan. Keyin esa sinfxona derazasini sindirib, o‘quvchilar bo‘lgan xonaga sakrab kirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bolalarning qo‘rqib baqirayotgani va katta yoshli erkaklar uni to‘xtatishga urinayotgani aks etgan.

Olmaota viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Huquq-tartibot idoralari hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlamoqda. Tergov doirasida gumonlanuvchining ruhiy holati ham tekshiriladi.

Hodisa oqibatida o‘quvchilar va pedagoglar orasida jabrlanganlar yo‘q. Ta’lim muassasasida bolalarga psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?