Imomning mushukchaga qilgan kichik yaxshiligi tarmoqlarda ko‘pchilikni ta’sirlantirdi

Turkiyadagi masjidlardan birida sodir bo‘lgan mehrga boy voqea ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Sovuq havodan pana izlagan mushuk masjidga kirib, shu yerning o‘zida uyquga ketdi.
Buni ko‘rgan imom jonivorning sovqotib qolishini istamadi. U mushukni bezovta qilmasdan, ustini joynamoz bilan ohista yopib qo‘ydi. Shu tariqa, kichik bir mehribonlik harakati ko‘pchilikning qalbiga iliqlik olib kirdi.
Mazkur holat aks etgan surat internetda keng tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘pchilik imomning jonivorga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligini olqishlab, uning mehribonligini e’tirof etmoqda.
Bu oddiy voqea yana bir haqiqatni eslatdi: ba’zan birgina kichik yaxshilik ham katta quvonch ulashishi, insonlar qalbida mehr uyg‘otishi mumkin.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…