21:56 / 08.12.2017
6 075

Moskva oblastida yong‘in, o‘zbekistonlik ishchilar halok bo‘ldi (video)

Moskva oblastida yong‘in, o‘zbekistonlik ishchilar halok bo‘ldi (video)
Moskva oblastining Ramenskoye shahrida yuz bergan yirik yong‘in davomida o‘zbekistonlik ishchilar halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayangan holda Kun.uz xabar berdi.

Halok bo‘lganlar orasida ikki ayol va bir erkak kishi borligi aytilmoqda.

Bunga qadar Rossiya FVVning mintaqa bo‘yicha boshqarmasi vakillari o‘n nafar xodimni qutqarib olgan. Internetda favqulodda hodisa yuz bergan joydan olingan ilk kadrlar paydo bo‘ldi.

Roliklarning birida binoning birinchi qavatidagi xona yonayotganini ko‘rish mumkin. Kuchli yong‘in fonida o‘t o‘chiruvchilar turibdi, ular olovni yo‘q qilish harakatida.

Rossiya OAVning xabar berishicha, o‘n kishi juda katta qiyinchilik bilan xavfsiz joyga olib o‘tilgan. Yong‘in paytida ikkinchi qavatda bo‘lgan insonlar derazalardagi panjaralar tufayli asirlar ahvoliga tushib qolgan. Ularni qutqarishda voqeaga guvoh bo‘lgan insonlar ko‘mak berdi, ular tashqaridan metall panjaralarni sindirishdi hamda jabrlanganlarni chiqarib olishdi. Biroq uch kishi – erkak va ikki ayolni qutqarishning imkoni bo‘lmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning bari – do‘kon xodimlari, o‘zbekistonlik ishchilar.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva oblastida yong‘in, o‘zbekistonlik ishchilar halok bo‘ldi (video)