Avvalroq, 2017 yilning 15 oktyabr kuni Qirg‘izistonda prezident saylovi o‘tkazilgani va amaldagi Prezident Almazbek Atamboyev o‘z lavozimini tark etganidan so‘ng nima bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.
Almazbek Atamboyev saylov uchastkasiga kelib, ovoz berganidan keyin jurnalistlarning savollariga javob bergan. Davlat rahbari avvalgidek o‘z ijodini davom ettirishi haqida aytib o‘tgan edi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev “Ala-Archa” deb nomlangan davlat qarorgohini kecha, 12 dekabr kuni mamlakatning yangi Prezidenti Sooronbay Jeenbekovga bo‘shatib berdi va u o‘sha yerda joylashgan boshqa dala hovliga ko‘chib o‘tdi.
Bu xabarni Qirg‘iziston prezidenti devoni ishlar boshqaruvchisi Turusbek Koyenaliyev ham tasdiqlagan. “Ala-Archa” davlat qarorgohida endi, Prezident Sooronbay Jeenbekov yashaydi va ishlaydi. Bu qarorgohda qisqa muddatda kichik ta’mirlash ishlari ham amalga oshirilgan. Shuningdek, u, “Prezidentning yangi qarorgohi va uyi navbatdagi istiqomat qiluvchilar uchun tayyor”, deb qo‘shimcha qilgan.
Joriy yilning 24 noyabrida Almazbek Atamboyev prezidentlik vakolatini topshirib, sobiq prezident maqomiga ega bo‘lgan edi. Bu maqom Atamboyev va uning oilasiga bir qator imtiyozlar beradi hamda ular bu imtiyozlardan umrbod foydalanishlari mumkin. Xususan, Atamboyev Qirg‘iziston hududida umrining oxirigacha davlat qo‘riqlash xizmatidan foydalanishi mumkin. Sobiq prezidentga davlat dala hovlisi umrbod foydalanishi uchun beriladi.
Yashash joyi, transport va boshqa xizmatlardan sobiq Prezident tekinga foydalanadi.
Davlat byudjetidan quyidagilar uchun mablag‘ ajratiladi:
- mamlakat ichidagi vakillik maqsadidagi safarlar uchun;
- xorijiy davlatlarga qilgan safar xarajatlarini qoplash uchun;
- sobiq prezident va uning oilasi uchun maxsus tibbiy, sanator-kurort va boshqa maishiy xizmatlar uchun;
- davlat sug‘urtasi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi