date

Qozog‘istonliklar ommaviy tarzda rublni sotib olishga tushib ketdilar

Qozog‘istonliklar ommaviy tarzda rublni sotib olishga tushib ketdilar

Shimoliy Qozog‘istonda ommaviy tarzda rubl sotib olinmoqda, bu erda Rossiya rubli boshqa erlarga nisbatan 5 marotaba ko‘proq miqdorda sotilmoqda. Ko‘pgina valyuta ayirboshlash punktlarida rubl taqchilligi yuzaga kelmoqda. Lekin bunga aslo rublning qadrsizlanishi sabab bo‘lmayapti, Bu haqida «ntv.ru »ga asoslanib «kun.uz» xabar bermoqda.

Hamma gap shundaki, rubl kursining tushishi sababli Rossiyaning chet joylaridagi narx-navolar qo‘shni davlat fuqarolarini o‘ziga xuddi magnitdek tortyapti. Qozog‘istonliklar uchun hamma narsa birdan arzonlashib ketdi. Biroz oldinroq 5 qozoq tengesidan ko‘ra qiymatliroq bo‘lgan rubl endilikda 4 tengedan pastroqqa tushib ketdi. Narsa sotib olayotganda narxning yarmigacha pulni tejab qolish mumkin bo‘lyapti.

Qozog‘istonliklar chegaradosh bo‘lgan Rossiya shaharlariga shoping-turlar uyutirishib, deyarli barcha narsani, qurilish materiallaridan tortib, maishiy texnika, avtomobil va hattoki, uy-joylarni ham sotib olishmoqda. Hattoki eng tejamkor insonlar ham oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlab qo‘yishmoqda. Rossiyaning ushbu hududlaridagi aholi savdo qilgani kelgan qo‘shnilariga havas bilan qarashmoqda.

Biroq, mutaxassislarning aytishlaricha, bu tarzdagi “arzon narxlar” qozog‘istonliklar uchun uzoqqa cho‘zilmaydi. Yangi yil bayramiga ham ozgia qoldi, har doimgidek ushbu bayram arafisida narx-navolarning ko‘tarilishi kuzatiladi. Biroq hozircha bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik uchun Belarus kabi boshqa qo‘shni davlatlar fuqarolari ham Rossiyaning markaziy hududlari tomon oshiqmoqdalar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonliklar ommaviy tarzda rublni sotib olishga tushib ketdilar