date

Kim Chen In Koreyaning birlashishiga umid bildirdi

Kim Chen In Koreyaning birlashishiga umid bildirdi

Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti – Kim De Djunning bevasi – Li Xi Xoga maktub yo‘llab, ikki mamlakatning birlashishiga umid bildirdi.

Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi xabariga ko‘ra, KXDRda Kim De Djunni qattiq hurmat qilishadi, chunki aynan uning davrida ikki mamlakat o‘rtasida yarashuv siyosati olib borilgan edi.

“Ehtimol, shu sababli ham Kim Chen In uning bevasiga maktub yozishga qaror qilgandir”, – deyiladi xabarda.

Kim Chen Inning Li Xi Xoga yo‘llagan xatida, jumladan, shunday deyiladi: “Biz uzoq kutilgan birlashish orzusini ro‘yobga chiqarish uchun faol kurash olib borishda davom etamiz”.

- © Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Koreyaning birlashishiga umid bildirdi