Toshkent ko‘chasida kutilmagan manzara: keksa ayol boshida maymun bilan yurdi

Toshkent ko‘chasida kutilmagan manzara: keksa ayol boshida maymun bilan yurdi

Toshkentning Yunusobod tumanida o‘tkinchilarni hayratga solgan noodatiy holat kuzatildi. Ko‘chada ketayotgan keksa ayolning boshiga esa kichkina maymun bemalol joylashib olgan edi.

G‘ayrioddiy manzaraga duch kelgan fuqarolar voqeani telefon kameralariga muhrlashga shoshildi. Videolavhada ayol piyodalar yo‘lagidan xotirjam yurib borayotgani, maymun esa uning boshida o‘tirgani ko‘rinadi.

Eng qizig‘i, keksa ayol o‘zining noodatiy hamrohidan hech qanday noqulaylik sezmagandek, yo‘lida davom etgan.

Toshkent ko‘chalarida kamdan-kam uchraydigan bu manzara tezda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Guvohlar tomonidan tasvirga olingan lavha internetga joylangach, foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi. Ayrimlar bu holatni kulgili va noodatiy manzara sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar shaharda bunday hayvon bilan yurish masalasiga qiziqish bildirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar