12 yoshli bola yetishtirgan qovoq 817 kilogram chiqdi — rekord hosil barchani hayratda qoldirdi!

Rossiyada 12 yoshli Yeremiy yetishtirgan ulkan qovoq o‘zining g‘ayrioddiy hajmi bilan barchaning e’tiborini tortdi. 10 sentyabr kuni Moskvada o‘tkazilgan “Gigantlar jangi” festivalida o‘lchangan qovoqning vazni naq 817 kilogramm ekani aniqlandi.
Yeremiy qovoq yetishtirish bilan to‘rt yildan beri shug‘ullanadi. Uning dastlabki hosillari 37, 40 va 50 kilogramm atrofida bo‘lgan. O‘tgan yili esa u 93 kilogrammlik qovoq yetishtirishga muvaffaq bo‘lgan.
Bu yilgi natija esa avvalgi hosillardan bir necha barobar katta bo‘ldi.

12 yoshli bog‘bonning 817 kilogrammlik qovog‘i festivaldagi eng yirik sabzavot sifatida qayd etildi. Yeremiy bunday ulkan qovoq yetishtirishga birdaniga erishmagan. U bundan oldin ikki yil davomida urinib ko‘rgan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Bu yilgi hosil esa Irkutskdan Moskvaga qariyb 9 kun davomida olib kelingan. Bu yilgi tadbirda Rossiyaning 75 ta hududi va 200 dan ortiq shahridan bog‘bonlar ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmada jami 200 dan ortiq turdagi sabzavotlar namoyish qilinmoqda.































Izohlar 0
…