Turkiyada 91 yoshli otaxon bor mol-mulkini masjid qurishga sarflab barchaga o‘rnak bo‘ldi!

Turkiyaning Aksaray viloyati, Ozanchik qishlog‘ida yashovchi 91 yoshli Ahmet Kyose farzandlaridan qishloqqa qaytib, u bilan birga yashashni va holidan xabar olishni so‘ragan. Biroq uning 7 nafar farzandidan hech biri otasining taklifiga rozi bo‘lmagan.
Ahmet Kyose farzandlariga qishloqqa qaytib, birga yashashni taklif qilgan. U hatto bor mol-mulki ularga qolishini ham aytgan. Ammo farzandlarining hech biri bu taklifni qabul qilmagan.
Shundan so‘ng otaxon o‘ziga tegishli yerlarni tirikligidayoq sotishga va tushgan mablag‘ni savobli ishga sarflashga qaror qilgan. Otaxon sotilgan mol-mulk mablag‘lari hisobidan tug‘ilib-o‘sgan qishlog‘ida o‘z nomi bilan ataluvchi masjid qurdirdi.
U mahalliy OAVga bergan intervyusida qarorini shunday izohlagan:
“Bolalarimga kelinglar, hamma mol-mulkim sizlarniki bo‘ladi, dedim, lekin ular kelishmadi.” Ahmet Kyosening aytishicha, farzandlari u vafot etganidan keyin yerlarni baribir sotib yuborishi mumkin edi.
Shu sababli u mol-mulkini o‘zi hayotligida tasarruf etib, mablag‘ni masjid qurilishiga yo‘naltirgan.
“Shuning uchun ularni ko‘zim ochiqligida sotib, oxiratim uchun zaxira qildim”, — deya ta’kidlagan otaxon.
Ushbu voqea Turkiyaning Anadolu axborot agentligi va boshqa mahalliy OAVlarda yoritilgan.































Izohlar 0
…