18:51 / 17.06.2018
4 138

Qozog‘istonda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib quladi (video)

Qozog‘istonda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib quladi (video)
Qozog‘istonning Jambul viloyatida yo‘lovchi poyezdining bir necha vagoni relsdan tashqariga chiqib ketdi. Qozog‘iston Respublikasi IIVning Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi (FVQ) vakili Ruslan Imanqulov bergan ma’lumotga asoslanib, Kun nashri shu haqida xabar berdi.

Viloyat boshqarmasining matbuot xizmatida voqea natijasida bir necha kishi jarohat olgani ma’lum qilindi.

"Jabrlanganlar bor, biroq ularning necha kishi ekani va qurbonlar bor yoki yo‘qligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Qaynoq liniya ochilmoqda, psixologlar ham ishga kirishadi", - dedi matbuot xizmati vakili.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yo‘lovchilarning qulagan vagonlar derazalari orqali chiqayotganini ko‘rish mumkin. Guvohlar ma’lumotlariga ko‘ra, relsdan chiqqan poyezd Ostona-Olmaota yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib quladi (video)