Fotosuratchi Ingo Gerlach Keniyadagi Mara daryosidan o‘tmoqchi bo‘lgan gnu antilopalarining katta guruhi harakatlarini videoga oldi. Bu haqda Kun nashri xabar berdi.
Har yili Tanzaniyadagi Serengeti savanasidan bir milliondan ortiq gnu Keniyadagi Masai-Mara qo‘riqxonasining yaylovlariga boradi. Ikki oy davomida ular qariyb uch ming kilometr masofani bosib o‘tadi.
64 yoshli fotosuratchi timsohlar bilan to‘lib-toshgan daryo qirg‘oqlariga yetib kelgan podaning harakatlarini videoga olgan. Uning ko‘z o‘ngida minglab hayvonlar o‘zini suvga tashlagan. Daryodan o‘tish chog‘ida gnularga zebralarning kichik bir guruhi ham qo‘shilgan.
Gnu - Janubiy Afrika kiyigi bo‘lib, balandligi 1,15-1,4 metr, og‘irligi - 150-250 kilogramm keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi