Keniyada ziyoratchilar bo‘lgan mikroavtobus halokatga uchradi

Keniyada ziyoratchilar bo‘lgan mikroavtobus halokatga uchradi

Keniyada bir nechta transport vositasi ishtirokidagi og‘ir yo‘l-transport hodisasi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning aksariyati ibodat qilish uchun ziyoratgohga yo‘l olgan katolik ziyoratchilar bo‘lgan.

Fojia 3 oktyabr kuni Mombasa shahriga olib boruvchi avtomagistralning Salama hududida sodir bo‘lgan. Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi oldinda harakatlanayotgan boshqa yuk mashinasini quvib o‘tishga uringan. Biroq manyovrni amalga oshira olmagan va natijada bir nechta transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Keniyada ziyoratchilar bo‘lgan mikroavtobus halokatga uchradi

To‘qnashuvda ziyoratchilarni olib ketayotgan mikroavtobus ham ishtirok etgan. Undagi haydovchi va 16 nafar yo‘lovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati ayollar bo‘lgan.

Mombasa katolik arxiyepiskopi Martin Kivuvaning aytishicha, ziyoratchilar Nayrobidan g‘arbdagi Nakuru okrugida joylashgan ibodat qilinadigan maskanga ketayotgan bo‘lgan.

Arxiyepiskop halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, marhumlar va ularning oilalari uchun duo qilishga chaqirgan.

AP ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari Afrikada jiddiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday fojialarga transport vositalarining texnik holati, yuqori tezlik va yo‘llarning nosozligi kabi omillar sabab bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar