
Buyuk Britaniyada yashovchi Rozi Bulton ismli ayol eski, tashlandiq binolar ichra kezishni xush ko‘radi. Kezganda ham shunchaki kezmaydi. U arvohlarni qidiradi. Mana, bu gal omadi keldi. Tintern abbatligiga qarashli eski tashlandiq binoga yaqinlashib keldi-yu, orzusiga erishdi. Undan bir necha o‘n metr narida, qorong‘ilik qa’rida monaxlar kiyimidagi arvoh turardi. To‘g‘ri, baribir ayol-da, qo‘rqib ham ketdi. Lekin baribir bir necha marotaba arvohni suratga olishga ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, Tintern abbatligi, aniqroq aytadigan bo‘lsak, qadimiy cherkov qadimda monax erkak va ayollarga to‘la edi. 1348 yili paydo bo‘lgan o‘ta xavfli va dahshatli o‘lat barchalarini hayotdan olib ketgan.
— Men ko‘plab sayyohlar bilan suhbat qurdim, — deydi Rozi Bulton jurnalistlarga. — Ular qo‘lida mash’ala tutgan monax kiyimidagi, kopyushonli arvohlarni ham ko‘rganlarini aytib berishdi. Endi men ham bu tashlandiq cherkovga tez-tez kelib turishni niyat qildim. Niyatim bitta. O‘sha mash’ala tutgan arvohlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rish…
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar