21:42 / 29.08.2018
11 640

Kustoni Islom dinini qabul qilishga majbur qilgan buyuk haqiqat (video)

Kustoni Islom dinini qabul qilishga majbur qilgan buyuk haqiqat (video)
Hech kimga sir emaski, Kusto suv osti dunyosidagi koʻplab sirlarni ochgan va uni insoniyatga koʻrsatgan olim. U 1910 yilning 6 noyabrida Fransiyada tavallud topgan. Yoshligida oilasidagilar bilan AQSH da yashagan. Fransiyaga qaytgach esa, oliy harbiy dengiz maktabini tugatgan.

Kusto birinchilardan boʻlib suv ostida texnik qurilmalar yordamida tadqiqotlar olib borgan va kinoga olishni boshlab bergan. Uning islom dinini qabul qilishiga esa, Kusto komandasining Atlantika okeani va Oʻrta yer dengizi suvlarida sinov oʻtkazishi sabab boʻlgan.

Tadqiqotlar esa ming yillardan beri toʻqnashishiga qaramay ikki suv massasi bir-biriga qoʻshilib ketmasligini koʻrsatadi. Goʻyoki suvlarni koʻrinmas bir parda bir-biridan ajratib turadigandek edi. Kusto bu moʻjizani professor Moris Byukayga soʻzlab beradi.

Shunda Moris bu yangilik emasligi, bu ikki dengiz haqida bundan 1400 yil oldin Islom dinining muqaddas kitobi “Qurʼoni Karimda” insoniyatga maʼlum qilinganini aytadi.

Shu voqeʼadan soʻng Kusto “Qurʼoni Karim”ni oʻrganishga kirishadi va “bunday kitob inson tomonidan yozilishi mumkin emas. U shubhasiz yaratganning soʻzlaridir” degan xulosaga keladi va Islom dinini qabul qiladi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kustoni Islom dinini qabul qilishga majbur qilgan buyuk haqiqat (video)