14:57 / 31.08.2018
2 839

Shubhali amerikaliklar fuqarolikdan mahrum qilina boshlandi

Shubhali amerikaliklar fuqarolikdan mahrum qilina boshlandi
AQSH hukumati shubhali fuqarolarni pasportlaridan mahrum qila boshladi. Gap AQSHda tugʻilganini isbotlay olmayotgan amerikaliklar haqida ketmoqda, deb yozmoqda The Washington Post nashri.

Aksariyat hollarda Meksika bilan chegarada tugʻilganlarning hujjatlari tekshirilib, olib qoʻyilmoqda. Ular tugʻilganlik haqidagi guvohnomani aldov yoʻli bilan olganlik va aslida AQSH fuqarolari emasliklarida gumon qilinmoqda.

Nashrning yozishicha, baʼzi vaziyatlarda gumonlanuvchilar noqonuniy muhojirlar saqlanuvchi turmalarga joʻnatilib, soʻngra deportatsiya qilinmoqda. Boshqalar esa Meksikadan AQSHga qayta olmayapti, ularning pasportlari chegarada olib qoʻyilmoqda.

Hujjatlaridan mahrum etilganlardan AQSH hududida yashash va ishlashlarining qonuniyligini tasdiqlash soʻralmoqda. Ulardan bolalar bogʻchasi va maktabga borganlarining isboti, choʻqintirilganlari haqida sertifikatlar, uy-joy ijarasi haqidagi eski shartnomalar talab qilinmoqda. Biroq soʻralgan hujjatlar taqdim qilingandan keyin ham gumonlanuvchilarga pasportlari qaytarilishiga kafolat yoʻqligi aytilmoqda.

AQSH immigratsiya qonunlariga koʻra, AQSHga noqonuniy kirganlikda ayblanuvchilar dastlab federal marshallar qoʻliga tushadi, soʻngra sudga joʻnatiladi.

Aprelda AQSH adliya vaziri Jeff Seshns migratsiya qonunchiligini buzganlarga nisbatan “toqatsizlik” siyosati boshlanganini maʼlum qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shubhali amerikaliklar fuqarolikdan mahrum qilina boshlandi