Kaliforniyada baliqchilar 294 kilogrammlik baliq tutib rekord o‘rnatdi

Kaliforniyada baliqchilar 294 kilogrammlik baliq tutib rekord o‘rnatdi

AQSHning Kaliforniya shtati sohilida baliqchilar ulkan 648 funtlik, ya’ni qariyb 294 kilogrammlik ko‘k marlin tutib, yangi rekord o‘rnatdi.

32 yoshli kapitan Alek Stokfelt San-Diyego sohilidagi sport baliqchiligi kemasida ekipaji bilan birga ulkan marlinni suvdan chiqargan.

Qayd etilishicha, baliqning og‘irligi katta yoshli grizli ayiq vazniga yaqin bo‘lgan. Ushbu natija San-Diyegodagi Fishermen's Landingda o‘lchangan eng og‘ir baliq bo‘yicha yangi rekordga aylangan.

Alek Stokfeltning hisob-kitobiga ko‘ra, avvalgi rekord taxminan 598 funt, ya’ni 271 kilogramm atrofida bo‘lgan.

Rekord o‘rnatgan baliq dushanba kuni San-Diyego sohilidan 40 mil, ya’ni qariyb 64 kilometr uzoqlikda ushlangan. 65 fut, ya’ni qariyb 20 metrlik kemadagi ulkan o‘ljani suvdan chiqarishda deyarli barcha ekipaj a’zolari yordam bergan.

Kema palubasida ovlangan yirik qilich-baliq yotibdi.

Bir hafta oldin yana bir yirik baliq tutilgandi

Qizig‘i, bu voqeadan bir hafta ham o‘tmasdan San-Diyegolik ikki baliqchi 500 funtlik ko‘k qanotli tuna tutgan edi.

Biroq qariyb 227 kilogrammlik bu baliq rekordlar ro‘yxatiga kiritilmagan. Sababi u tijoriy ov orqali qo‘lga kiritilgan.

Qoidalarga ko‘ra, rekord sifatida qayd etilishi uchun baliq sport baliqchiligi orqali tutilgan bo‘lishi kerak. Shu bois 500 funtlik tuna ulkan bo‘lishiga qaramay, rasmiy rekordga da’vo qila olmagan.

Yangi 648 funtlik ko‘k marlin esa aynan shu talablarga javob bergani uchun Fishermen's Landing tarixidagi eng og‘ir baliq sifatida qayd etildi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar