
Foto: “Grantist”
Interpolga 2019 yili yangi rahbar saylanadi. Nufuzli “Financial Times” nashri yozishicha, Interpolga rahbarlikka ikki nafar nomzod qoʻyilgan: biri — ayni paytda tashkilotda prezident vazifasini vaqtincha bajarib turgan janubiy koreyalik Kim Chen Yang, ikkinchisi — tashkilotning hozirgi vitse-prezidenti, rossiyalik Aleksandr Prokopchuk.
Interpolning avvalgi rahbari Men Xunvey 2018 yilning 7 noyabr kuni isteʼfo bergandi. Bungacha u tashkilotning Liondagi shtab-kvartirasidan chiqib, vatani Xitoyga ketgan va bedarak yoʻqolgandi. Keyinchalik u korrupsiyada ayblanib, Xitoy hukumati tomonidan qoʻlga olingani haqida xabarlar chiqdi.
Manba: Xabar.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar