09:23 / 22.11.2018
8 320

Afrikalik 16 yoshli qiz 530 ta sigir, uchta mashina va 10 ming dollarga sotildi

Afrikalik 16 yoshli qiz 530 ta sigir, uchta mashina va 10 ming dollarga sotildi
Janubiy Sudanda yashovchi er-xotin Nyalon Nong Den Jalang ismli 16 yashar qizini «Facebook» da kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Xaridor ham darrov topila qoldi. Mahalliy tadbirkorlardan biri qiz uchun 530 ta sigir, «Land Cruiser V8» rusumli uchta avtomobil, 10 ming dollar pul berishga rozi bo‘ldi. Shunday qilib, bu qiz Afrikadagi eng qimmatbaho kelinga aylandi.

Ammo ushbu qit’adagi huquqni muhofaza qilish xayriya tashkilotlari vakillari ota-onaning bu ishidan g‘azabga keldi. Ular Afrikada qul bozori qayta shakllana boshlaganini aytib o‘tishdi.

— Yosh qizlarimizni internet orqali sotishga jazm qilganlarga la’natlar bo‘lsin, — deyishmoqda ular. — Bu ish hech qachon yaxshilikka olib bormaydi. O‘zingiz o‘ylang, qizni shuncha pul berib sotib olgan boyvachcha baxtli qiladimi? Yo‘q albatta. Qizni qulga aylantiradi…

Janubiy Sudanda voyaga yetmaganlarni turmushga berish, sotish noqonuniy hisoblanadi. Afsuski, ko‘pchilik ota-onalar yo‘qchilik bois qonunga ham qarab o‘tirmay, qizlarini erta sotib yuborishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikalik 16 yoshli qiz 530 ta sigir, uchta mashina va 10 ming dollarga sotildi