Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari Kremlga yaqin deb hisoblanuvchi rossiyalik tadbirkorlarga bosimni kuchaytirish niyatida. Bu haqda The Daily Telegraph'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ro‘yxatdan Roman Abramovich, Alisher Usmonov, Oleg Deripaska, Igor Sechin, shuningdek, Boris va Arkadiy Rotenberg joy oldi.
Nashrning xabar berishicha, ro‘yxat bosh vazir Tereza Meyga taqdim etilgan va u hujjatni ma’qullagan. Endi London ro‘yxatni ittifoqchi davlatlar maxsus xizmatlariga topshirishni rejalashtirmoqda.
Nashrning Britaniya hukumatidagi manbasi aniqlik kiritishicha, ko‘rsatilgan shaxslarga Buyuk Britaniya hamda boshqa mamlakatlarda erkin harakatlanish va ishlash cheklab qo‘yiladi. Bu kampaniya GRU sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanganiga javob bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?