O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkin

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Google kompaniyasi vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasini muhokama qildi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilik takomillashtirilgani qayd etildi. Bu o‘z navbatida xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Shuningdek, Google bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
«Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi», dedi Saida Mirziyoyeva.































Izohlar 0
…