
2018 yilda eng ommabop diqqatga sazovor maskan Rimdagi Kolizey bo‘ldi. Bu haqda sayyohlarning bron qilish bo‘yicha statistikasiga asoslanib TripAdvisor xabar qilmoqda.
Keyingi o‘rinlarda Rimdagi Vatikan muzeyi, Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali, Parijdagi Luvr muzeyi va Eyfel minorasi joylashdi. Eng ommabop maskanlar o‘ntaligiga shuningdek, Barselonadagi Bazilika Sagrada-Familiya, San-Fransiskodagi Oltin darvoza ko‘prigi, Britaniyadagi Stounxenj, Versal saroyi va Venetsiyadagi Grande kanali kirdi.
2017 yilda eng ommabop maskanlar reytingida birinchi o‘rinni Vatikan muzeyi egallagandi. Ikkinchi o‘rinda Chikago shahri, uchinchi o‘rinda Kolizey qayd etilgandi. Ro‘yxatdan shuningdek, Bazilika Sagrada-Familiya, Eyfel minorasi, Kaliforniyadagi Warner Bros. kinostudiyasi, Nyu-Yorkdagi Empayr-steyt-bilding joy olgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar