Venesuelaning Suriyadagi elchisi Xose Grigorio Bemorji Muzzatiz mamlakatida ayni vaqtda yuz berayotgan voqealarni 2011 yilda Suriyada yuz bergan voqealarga qiyosladi. Uning aytishicha, Venesuelada ham Suriyadagi kabi ssenariy qo‘llanmoqda.
23 yanvarda Karakasda prezident Nikolas Maduroga qarshi namoyishlar boshlandi. Muxolif parlament spikeri Xuan Guaido shu kuni o‘zini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilgan. AQSh va bir qator boshqa davlatlar Guaidoni prezident sifatida tan olishlarini aytishgan va Madurodan muxolifatga qarshi kuch qo‘llamaslikni talab qilishgan.
24 yanvarda Venesuelaning Damashqdagi elchixonasi oldida Venesuela xalqi bilan birdamlik namoyishi o‘tgan. Namoyishchilar Maduroni qo‘llab-quvvatlashgan.
Muzzatiz Venesuelada ham Suriyadagi kabi voqealar yuz berayotganini aytmoqda. Uning ta’kidlashicha, muxolifat demokratiya kabi so‘zlarni ishlatmoqda, biroq qonunan saylangan prezidentni tan olmayapti va hech kimga noma’lum nomzodni ilgari surmoqda.
Diplomatning aytishicha, Venesuelada davlat muassasalari odatdagi tartibda ishlamoqda va vaziyat umuman olganda “me’yorida” hamda hukumat nazorati ostida qolmoqda.
“Suriyada 8 yil ichida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi, vayrongarchiliklar ko‘lami ulkan, biror a’zosi halok bo‘lmagan oila yo‘q. Ular Venesuelaga ham shunday ssenariyni suqishtirishmoqchi, biroq bizning davlat g‘alaba qiladi”, deb aytgan elchi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi