O‘zbekistonda yetishtirilgan qovun xalqaro tanlovda muzqaymoq tayyorlash uchun eng yaxshi mahsulotlardan biri, deb topildi.
Italiya muzqaymoq ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi () tashabbusi bilan «Palatsso dey Kongressi» saroyida o‘tkazilgan Milliy ko‘rgazmada ilk bor «Muzqaymoq jahon merosi» (Gelato World Heritage) xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Milliy ko‘rgazma doirasida boshqa mamlakatlarga xos bo‘lgan meva va o‘ziga xos mahsulotlardan muzqaymoq tayyorlashda foydalangan holda tanlovda ishtirok etish sharti belgilangandi. Tashkilotchilar ajoyib hidli muzqaymoq tayyorlashda ishlatilgan O‘zbekistonda yetishtirilgan qovun muzqaymoq tayyorlash uchun eng yaxshi ikkinchi mahsulot sifatida tan olindi. Birinchi o‘rinda Amerikaning yeryong‘oqli muzqaymog‘i, uchinchi o‘rindan mangoli Misr muzqaymog‘i joy oldi.
Tanlovda O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida yetishtirilgan uchta qishki nav — «qirqma», «qari qiz» va «qora qand» qovunlari ishtirok etdi. Tanlov koordinatori Matteo Fortunati so‘zlariga ko‘ra, takrorlanmas ta’mga ega O‘zbekiston qovunlaridan shirin muzqaymoq tayyorlash imkoniyati ularni Yevropa va Italiyaga eksport qilishni oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!