07:02 / 02.03.2019
6 122

XXI asr oʻgʻrilari… (yoxud changyutkichning yana bir siri)

XXI asr oʻgʻrilari… (yoxud changyutkichning yana bir siri)
Angliya poytaxti London shahrida bir guruh oʻgʻrilar oʻgʻirlikning oʻziga xos usulini oʻylab topishibdi. Ular avtomobillar toʻxtash joylaridagi haq toʻlanadigan hisoblagichni oldin kuvalda, drel yordamida teshib, keyin teshikka changyutkich shlangini kiritishgan va yoqish tugmachasini bosishgan. Koʻribsizki, bir zumda tangalar suv kabi oqib kela boshlagan. Oʻgʻrilar bu ishni anchadan beri ularning taʼbiri bilan aytganda, qoyillatib kelisharkan. Hozirgi paytgacha 120 ming funt-sterlingdan ziyod pul oʻgʻirlashga erishishibdi.

Shahar rahbarlari esa boshini changallagancha ancha vaqt taraddudlanishdi. Xoʻsh, bu oʻgʻrilar balosidan qutulish uchun nima qilsa boʻladi? Ha, bir yoʻli bor. Ular aynan oʻgʻrilar dastidan avtomobillar toʻxtash joyi uchun toʻlanadigan toʻlovlarni naqd emas, plastik kartochka orqali amalga oshirishni joriy etish lozimligini tushunib yetishdi. Ana shunda bu jinoiy guruh tanga oʻgʻirlashdan tiyiladi. Avtomobillar egalariga ham bu taklif juda maʼqul tushdi. Ular smartfon yordamida avtomobili turgani uchun haq toʻlashadi-yu, xotirjam ketaverishadi.

2002 yili Daniyaning Kolding shahrida bir guruh oʻgʻrilar zargarlik doʻkonidagi vitrinani devor orqali teshib oʻtib, changyutkich yordamida 12,8 ming dollarlik qimmatbaho taqinchoqlarni oʻmarib ketishgan ekan. Ular ichkariga kirmagani sababli signalizatsiya ham ishlab ketmagan.

Ammo bir gap bor. Buzoq faqat somonxonagacha yugurib bora oladi. Uyogʻiga yoʻl yoʻq. Daniyada bu “ishbilarmon” oʻgʻrilar qoʻlga olingan va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Londondagi oʻgʻrilarni ham qoʻlga tushirishdi. Hozir ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Tergov jarayoni boshlangan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » XXI asr oʻgʻrilari… (yoxud changyutkichning yana bir siri)