Dunyoning eng chuqur joyida kutilmagan “topilmalar” aniqlandi (foto)

1 daqiqa o'qish4.3K
Dunyoning eng chuqur joyida kutilmagan “topilmalar” aniqlandi (foto)
53 yoshli amerikalik tadqiqotchi va sarmoyachi Viktor Veskovo boshchiligidagi Five Deeps ekspeditsiyasi dunyoning eng chuqur nuqtasi – Mariana botig‘ining eng tubiga yetib, kutilmagan manzara guvohi bo‘ldi.

Veskovoning DSV Limiting Factor suv osti kemasi 10928 metrlik chuqurlikka sho‘ng‘iy oldi. 13 mayda ekspeditsiya Mariana botig‘iga sho‘ng‘ish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatilganini e’lon qildi. Avvalgi rekord 10912 metrni tashkil qilib, 1960 yilda okeanshunoslar Don Uolsh va Jak Pikar tomonidan “Triyest” kemasida o‘rnatilgan.

Ushbu rekord egasi Uolsh ham Veskovo kemasi bortida bo‘lgan.

Ekspeditsiya Mariana botig‘ining Chellenjer deb ataluvchi chuqurligida o‘tgan. Rekord sho‘ng‘ishni “Diskaveri” kanali tasvirga olgan.
Dunyoning eng chuqur joyida kutilmagan “topilmalar” aniqlandi (foto)
Foto: Caladan Oceanic LLC
Dunyoning eng chuqur joyida kutilmagan “topilmalar” aniqlandi (foto)
Foto: Caladan Oceanic LLC
Veskovo jamoasi botiqning tubiga besh marta tushgan. Olimlarning aytishicha, ular 8 km chuqurlikda pushtirang shilliqqurtni hamda qisqichbaqasimonlarning 4 ta yangi turini uchratishgan. Biroq eng “hayratlanarli topilmalar” plastik paket va bir nechta konfet qog‘ozi bo‘lgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, olimlar topilgan jonzotlarda qancha miqdorda mikroplastik borligini aniqlash uchun ularda sinov o‘tkazishadi. Ekspeditsiya ishtirokchilari insoniyatning ekologiyaga ta’siri sayyoramizning eng olis nuqtalarida ham ko‘rinayotganini afsus-nadomat bilan ta’kidlab o‘tishgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?