Misrda 3500 yil avval barpo etilgan qadimiy aholi manzilgohi topildi

1 daqiqa o'qish145
Misrda 3500 yil avval barpo etilgan  qadimiy aholi manzilgohi topildi

Misr arxeologlari mamlakatning sharqiy qismidagi Vadi Tumilat hududida taxminan 3500 yil avval barpo etilgan qadimiy aholi manzilgohini aniqladi. Qazish ishlari davomida loy g‘ishtdan qurilgan uylar, o‘nta qabr va don saqlash uchun mo‘ljallangan omborlar topilgan.

Shuningdek, hududdan non pishirish o‘choqlari, bronza buyumlar hamda turli sopol idishlar olib chiqilgan. Topilmalar bu yerda odamlar muqim yashagani, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanganini ko‘rsatadi.

Olimlarning bildirishicha, mazkur manzilgoh qadimgi Misr tarixida savdo aloqalari faol bo‘lgan davrga tegishli. O‘sha paytda Vadi Tumilat muhim savdo yo‘llari kesishgan hududlardan biri bo‘lgan.

Arxeologlar topilmalar orqali qadimgi misrliklarning kundalik hayoti, kasb-kori va savdo munosabatlarini yanada chuqurroq o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?