
Foto: Facebook / Marina Bocchino
Italiya aholisi koronavirus sabab o‘z uylarida karantinda o‘tirishga majbur bo‘lmoqda. Shunga qaramay, ular kayfiyatni ko‘tarish usulini topdi: balkonga chiqib, qo‘shiq kuylashmoqda, deb xabar beradi Meduzaga tayanib Daryo nashri.
Ta’kidlanishicha, Neapol aholisi yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida «Napoli» futbol klubining madhiyasini kuylamoqda.
Kazoriya kommunnasida esa balkonlardan «Bugun kechasi Kazoriya xor kuylashga yig‘iladi. Xalq hech qachon taslim bo‘lmaydi. Olg‘a, Neapol!» degan da’vatlar jarang sochmoqda.
Toskanadagi Siena shahrida karantin sabab «Conto della Verna» («Siena uxlayotganida») xalq qo‘shig‘i kuylanmoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu qo‘shiq orqali odatda vatandan g‘ururlanish hissi ifoda etiladi.
A Siena, città alla quale sono molto legato, si sta in casa ma si canta insieme come se si fosse per la strada. Mi sono commosso pic.twitter.com/IDPqNEj3h3
— David Allegranti (@davidallegranti) March 12, 2020
Neapol shimoli-sharqidagi Benevento shaharchasida esa odamlar doira jo‘rligida qo‘shiqlar kuylayapti. Facebook’da tarqalgan ushbu rolik bir sutkadan kamroq vaqt ichida ikki milliondan ortiq tomosha qilindi.
Musica, amicizia e riunioni di condominio ai tempi del coronavirus. A Benevento. ????❤????☀️???? Alessandro Paolo Lombardo Roberta Zollo Erica Marino Qui su youtube ⬇️⬇️⬇️ https://www.youtube.com/watch?v=7J-jR7lTZhY&t=4s
Опубликовано Marina Bocchino Четверг, 12 марта 2020 г.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 140 mingdan oshib ketdi. Virusni yuqtirib olish bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinda Italiya (17 mingdan ortiq bemor) turibdi. Italiyada koronavirusdan vafot etganlar soni ming nafardan oshib ketgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar