20:50 / 06.04.2020
9 263

Olimlar koronavirusning zaif joyi aniqlanganini ma’lum qilishdi

Olimlar koronavirusning zaif joyi aniqlanganini ma’lum qilishdi
Foto: cont.ws
AQSHning Skripps instituti olimlari koronavirusning yangi zaif joyini aniqlashdi. Bu haqda Science nashri xabar berdi.
Mutaxassislar tomonidan 2003 yilda atipik zotiljam – SARS’ga chalinib, undan sog‘ayib ketgan bemorning antitanalari o‘rganilgan.

Olimlar ushbu antitanalar SARS viruslariga qarshi qanday kurashishini aniqlashmoqchi bo‘lishgan.
Ta’kidlanishicha, antitanalar kuchsiz bo‘lganiga qaramay, virusning zaif joyini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan.

Biz virus qobig‘i ostida yashiringan va u yuqish jarayonida o‘z strukturasini o‘zgartirganda kirish mumkin bo‘lgan zaif joyni aniqladik”, deb ma’lum qilgan tadqiqot mualliflaridan biri Men Yan.
Olimlarning fikricha, ularning kashfiyoti evaziga yaqin orada COVID-19 virusiga qarshi vaksina va dori yaratishga muvaffaq bo‘linadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirusning zaif joyi aniqlanganini ma’lum qilishdi