Foto: iLikeEdit
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich masofa saqlash koronavirusdan niqobga qaraganda yaxshiroq himoya qilishini aytdi, deb xabar bermoqda «Kommersant’». Uning fikricha, boshqa himoya usullariga amal qilinmasa, tibbiy niqob taqish befoyda.
«Agar sog‘ odam bemor bilan bir xonada bo‘lmasa, unga tibbiy niqob shart emas. Agar odamlar orasida bo‘lsa, u holda taqish lozim. Biroq jismoniy masofa saqlash niqobdan ham yaxshiroq himoya qiladi», — degan u «Rossiya 1» telekanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, niqobning o‘zi koronavirusdan to‘liq himoya qilmaydi. Agar masofa saqlanmasa, qo‘llar yuvilmasa, odam niqob taqsa ham, «kasallanishi aniq». Melita Vuynovich niqob o‘z-o‘zidan zararli emasligi, ammo odamlar uni deb xatti-harkatlarini o‘zgartirishi mumkinligini aytgan. Shuningdek, niqoblarni 2 soat foydalangandan so‘ng qaytib taqmaslikka chaqirgan.
Avvalroq JSST rahbari Tedros Gebreyesus ham tibbiy niqoblardan faqat shifokor va kasallanganlar foydalanishi lozimligini, niqob taqqan odamlarda himoyalanganlikning yolg‘on hissi paydo bo‘lib, qo‘lni yuvish kabi boshqa narsalarni unutishi mumkinligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi