Foto: Asia-Plus
Tojikistonda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 2551 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
"Juma oqshomi holatiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 201ta yangi holat qayd etildi, bemorlar soni 2551 nafarga yetdi, sutka davomida bu kasallikdan vafot etganlar bo‘lmadi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirda mamlakatda 3151 kishi shifokorlar kuzatuvida bo‘lib turibdi, oxirgi sutka davomida 1089 kishi bu kasallikdan sog‘aygan.
Tojikiston hukumati va sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus profilaktikasi va uni davolash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.
21 may kuni Tojikistonda 3 kishi koronavirus sabab vafot etgandi va kasallik qurbonlari soni 44 nafarga yetdi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi