07:00 / 23.05.2020
3 099

Pokistonda qulagan samolyot bortidagi yo‘lovchilarning 2 nafari omon qoldi

Pokistonda qulagan samolyot bortidagi yo‘lovchilarning 2 nafari omon qoldi
Skrin: Telegram
Pokistonning Karachi shahrida 22 may, juma kuni yuz bergan aviahalokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan yo‘lovchilardan ikki nafari tirik qolgan. Bu haqda mahalliy nashrga tayanib, Meduza [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9kYXJ5by51ei9rLzIwMjAvMDUvMjIvcG9raXN0b25kYS1xdWxhZ2FuLXNhbW9seW90LWJvcnRpZGFnaS15b2xvdmNoaWxhcm5pbmctMi1uYWZhcmktb21vbi1xb2xkaS8%3D]xabar berdi[/leech].

Omon qolganlar kasalxonaga yotqizilgan, olingan jarohatlarning og‘irlik darajasi haqida xabar berilmagan. Ayni paytda halokat joyida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Shuningdek, samolyot qulagan hududda yashovchi bir kishi ham kasalxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, Pakistan International Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A320 yo‘lovchi samolyoti Karachi shahri aeroporti yaqinida, qo‘nishga bir daqiqa qolganda yerga qulagan. Layner aholi yashaydigan hudud ustiga tushgan. Samolyot bortida jami 98 kishi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda qulagan samolyot bortidagi yo‘lovchilarning 2 nafari omon qoldi